Ushbu kitob toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, uning birinchi boʻlimi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga koʻtarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan soʻzlagan nutq va maʼruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib oʻtamiz” deb nomlangan ikkinchi boʻlimdan esa koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan maʼruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Doʻstona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi boʻlimini xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maʼruzalar tashkil etadi.
Kitobning toʻrtinchi – “Tabrik va qutlovlar” boʻlimiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yoʻllangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.