“Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”  kitobi nashr etildi

0
1132
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” deb nomlangan toʻrtinchi jildi oʻzbek va rus tillarida “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi.

Ushbu kitob toʻrt boʻlimdan iborat boʻlib, uning birinchi boʻlimi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga koʻtarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan soʻzlagan nutq va maʼruzalari kiritilgan.

“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib oʻtamiz” deb nomlangan ikkinchi boʻlimdan esa koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan maʼruza, nutq va murojaatlar joy olgan.

Kitobning “Doʻstona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi boʻlimini  xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va maʼruzalar  tashkil etadi.

Kitobning toʻrtinchi – “Tabrik va qutlovlar” boʻlimiga esa yurtimizda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yoʻllangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.