Axbor Imomxoʻjayevning sport jurnalistikasiga, Oʻzbekiston televideniyasining sport tahririyati taraqqiyotiga, shuningdek oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi nihoyatda ulugʻvor.
Bu inson oʻzbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi boʻlib, yoshlar va bolalarning maʼnaviy-jismoniy taʼlim-tarbiyasiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda.. Jumladan, Axbor Imomxoʻjayev qalamiga mansub boʻlgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “Oʻzbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarini keng jamoatchilik katta qiziqish bilan oʻqib kelmoqda.
GUJUM.UZ sayti tahririyati Axbor Imomxoʻjayevni qutlugʻ 82 yoshi bilan muborakbod etadi. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar eʼtiborida boʻlib yurishini tilaydi!
Javlon SAʼDULLAYEV tayyorladi