Oʻzbek futbol jurnalistikasi faxriysi Axbor Imomxoʻjayev qutlugʻ  82 yoshda

0
351
marta koʻrilgan.

Axbor Imomxoʻjayevning sport jurnalistikasiga, Oʻzbekiston televideniyasining sport tahririyati taraqqiyotiga, shuningdek oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi nihoyatda ulugʻvor.

Bu inson oʻzbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi boʻlib, yoshlar va bolalarning maʼnaviy-jismoniy taʼlim-tarbiyasiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda.. Jumladan, Axbor Imomxoʻjayev qalamiga mansub boʻlgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “Oʻzbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarini keng jamoatchilik katta qiziqish bilan oʻqib kelmoqda.

GUJUM.UZ  sayti tahririyati  Axbor Imomxoʻjayevni qutlugʻ 82 yoshi bilan muborakbod etadi. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar eʼtiborida boʻlib yurishini tilaydi!

 Javlon SAʼDULLAYEV tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.