Oʻzbekiston Prezidenti turkiyalik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi

0
45
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va «Kalyon Holding» kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Prezidentimizning yaqinda Anqaraga tashrifi davomida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yigʻilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Yoʻl infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish, «yashil» energetika quvvatlarini barpo etish, qoʻshma geologik tadqiqotlar oʻtkazish va istiqbolli konlarni oʻzlashtirish loyihalari shular jumlasidan.

Taʼkidlash joizki, “Cengiz Holding” ishtirokida Oʻzbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod boʻlgan yana bir elektr stansiya qurilishi davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.