Oʻzbekistonda ilk marotaba “Youth techno art — 2019” bolalar texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi oʻtkaziladi

0
264
marta koʻrilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 24-27 iyul kunlari oʻquvchilarning robototexnika, mexatronika va injenerlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida ilk marotaba “Youth techno art — 2019” bolalar texnik ijodkorligi xalqaro festival-tanlovi tashkil etilmoqda. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi Axborot xizmati xabar beradi.

Hozirda ushbu festival-tanlovga qiziqish bildirib, Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Iordaniya davlatlarining ishtirokchilari tomonidan talabnomalar berilgan.

Festival-tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar www.technofest.uz saytidan 2019 yil 10 iyulga qadar roʻyxatdan oʻtishi lozim.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.