Roza Qoʻziyeva BAAda boʻlib oʻtgan Jahon kubogi sovrindori

0
443
views

 Birlashgan Arab Amirliklarida pauerlifting boʻyicha Jahon kubogi musobaqalarida  ayollar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Roza Qoʻziyeva 110 kg natija koʻrsatib,  kumush medalga sazovor boʻldi.

Roza Qoʻziyeva Indoneziyada oʻtkazilgan Paraosiyo oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u 2018 yilda Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan «Milliy sport mukofoti» taqdirlash marosimida Oʻzbekistonning eng yaxshi paralimpiyachisi sifatida eʼtirof etilgan edi.

Sportchilarimiz musobaqada murabbiy Fazliddin Umirzoqov murabbiyligida ishtirok etishmoqda.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here