Shamuratov Javohir «Eng yaxshi media ishlanma» yoʻnalishida respublika tanlovi gʻolibi

0
167
views

Urganch shahridagi 1-son maktabning 10- sinf oʻquvchisi Shamuratov Javohirning namunali faoliyati bilan  ustozlari, tengdoshlari hamisha faxrlanishadi.

Yaqinda uning hayotida  yana bir unutilmas va quvonchli voqea yuz berdi.  U «Mening ijod mahsulim» oʻquvchi yoshlar media festivalining Respublika bosqichida «Eng yaxshi media ishlanma» yoʻnalishi boʻyicha Oliy oʻrinni egalladi.

 Laureat diplomini qoʻlga olarkan, “Aʼlo taʼtil” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlarining munosib baholanishida ustozlarining yordami katta boʻlganligini  alohida taʼkidladi.   

Gulyor Palvanova

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here