Urganch shahridagi 1-son maktabning 10- sinf oʻquvchisi Shamuratov Javohirning namunali faoliyati bilan ustozlari, tengdoshlari hamisha faxrlanishadi.
Yaqinda uning hayotida yana bir unutilmas va quvonchli voqea yuz berdi. U «Mening ijod mahsulim» oʻquvchi yoshlar media festivalining Respublika bosqichida «Eng yaxshi media ishlanma» yoʻnalishi boʻyicha Oliy oʻrinni egalladi.
Laureat diplomini qoʻlga olarkan, “Aʼlo taʼtil” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlarining munosib baholanishida ustozlarining yordami katta boʻlganligini alohida taʼkidladi.
Gulyor Palvanova