AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyum Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishga eʼtibor qaratmoqchi

0
132
marta koʻrilgan.

Amerika qoʻshma shtatlarining Toshkentdagi elchixonasida AQSHning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Deniel Rozenblyum bilan mamlakat ommaviy axborot vositalari xodimlarining tanishuv konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Deniyel Rozenblyum, AQSH elchisi sifatida Oʻzbekistonda besh yoʻnalishda ish olib borishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra birinchi maqsad bu — Oʻzbekiston bilan xavfsizlik boʻyicha hamkorlikni chuqurlashtirish. Bu Afgʻonistonga tinchlik va farovonlik olib kelishni, balki buzgʻunchi ekstremizm, transmilliy jinoyat, giyohvand moddalar savdosi va boshqa xatarlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishni ham anglatadi.

Ikkinchi maqsad – Oʻzbekiston hukumati boshlagan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarni imkon qadar koʻproq qoʻllab-quvvatlash. Xususan, Qoʻshma Shtatlar maʼlum bir sohalarda, masalan sud-huquq islohotlari, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida foydali tajriba va bilim taklif etishi mumkin.

Uchinchi maqsad – Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilishga alohida eʼtibor qaratish. “Biz oʻtgan ikki yil ichida majburiy mehnatni kamaytirish va dindorlar huquqini himoya qilishdagi real oʻsishni kuzatdik, ammo oʻrinli boʻlganda konstruktiv tanqid ham qilamiz” dedi elchi oʻz nutqida.

 Toʻrtinchi maqsad – AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasida oʻzaro yaqin aloqalar oʻrnatilishi. Bu esa har ikki yoʻnalishda taʼlimiy, madaniy, ilmiy va biznes almashuvni kengaytirishni anglatadi.

Beshinchi maqsad – AQSH kompaniyalari Oʻzbekistonda oʻz mahsulot va servislarini sotish hamda foydali investitsiya kiritishdagi imkoniyatlardan toʻliq foydalanishi. “Oʻzbekiston biznes qilishda barcha mahalliy va xorijiy kompaniyalar uchun yengillik tugʻdiruvchi islohotlarni amalga oshirar ekan, biz bunday imkoniyatlar yanada kengayishini kutib qolamiz” dedi elchi.

Manba: https://uz.usembassy.gov

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.