Oʻzbekiston hukumati yuqori lavozimidagi mulozimlaridan biri ilk bor “Amerika ovozi”ga intervyu berdi

0
185
marta koʻrilgan.

Shu paytgacha Oʻzbekiston hukumatidan bu darajadagi hech bir rasmiy vakil “Amerika ovozi” yoki shu singari xorijiy axborot vositalari bilan ochiq va yuzma-yuz muloqot qilmagan. Birinchi bor Oʻzbekiston respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva “Amerika ovozi” teleradiosiga intervyu berdi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

Oʻzbekiston respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Oʻzbekistonda bugun kunda xotin-qizlar maqomi, ayol nufuziga boʻlgan munosabat, ularning mehnat sharoiti, yashash tarzi, ijtimoiy ahvoli xususidagi savollarga batafsil javob qaytargan. Mamlakatdagi islohotlar jarayonida yetakchi rol oʻynayotgan Tanzila Norboyeva bilan boʻlgan muloqotni “Amerika ovozi” teleradiosida eʼlon qilinadi. Saytimizni kuzatib boring. 

Bizga maʼlum boʻlishicha, T.Norboyeva bu hafta Nyu-Yorkda BMT ayollar sammitida qatnashib, soʻngra Vashingtonda AQSH hukumati va nohukumat tashkilotlarning vakillari bilan muzokaralar olib borgan. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.