Charm qoʻlqop sohibalari shohsupaga koʻtarilishdi

0
61
marta koʻrilgan.

Serbiyaning Sombor shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Millatlar kubogi yakuniga yetdi.

Turnirda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining barchasi shohsupaga koʻtarilishgani quvonchli voqea boʻldi. Musobaqa davomida hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar. Yana bir ahamiyatli tomoni, -50 kg vazn toifasida jang qilgan Feruza Kazakova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.

Gʻolib va sovrindorlar  Feruza Kazakova, Aziza Yakubova,  Sitora Turdibekova,  Aziza Zokirova 50 — 75 kg vaznli qizlar oʻrtasidagi bellashuvda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibalari boʻlishdi. Charm qoʻlqop egalari  Saidaxon Rahmonova,  Rayhona Qodirova,  Navbahor Hamidova 48-66 kg vaznlilar bilan bellashuvda kumush medalni qoʻlga kiritishdi.  Muxlisa Xushvaqtova,  Mohinabonu Abdullayeva,  Xadichabonu Abdullayeva,  Oltinoy Sotimboyevalar 54 – 81 kg vaznlilar orasida gʻalabaga erishdilar va ularga  bronza medali nasib etdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.