Serbiyaning Sombor shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Millatlar kubogi yakuniga yetdi.
Turnirda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolarining barchasi shohsupaga koʻtarilishgani quvonchli voqea boʻldi. Musobaqa davomida hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar. Yana bir ahamiyatli tomoni, -50 kg vazn toifasida jang qilgan Feruza Kazakova turnirning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Gʻolib va sovrindorlar Feruza Kazakova, Aziza Yakubova, Sitora Turdibekova, Aziza Zokirova 50 — 75 kg vaznli qizlar oʻrtasidagi bellashuvda gʻalaba qozonib, oltin medal sohibalari boʻlishdi. Charm qoʻlqop egalari Saidaxon Rahmonova, Rayhona Qodirova, Navbahor Hamidova 48-66 kg vaznlilar bilan bellashuvda kumush medalni qoʻlga kiritishdi. Muxlisa Xushvaqtova, Mohinabonu Abdullayeva, Xadichabonu Abdullayeva, Oltinoy Sotimboyevalar 54 – 81 kg vaznlilar orasida gʻalabaga erishdilar va ularga bronza medali nasib etdi.