Parijda boʻlib oʻtayotgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi medallarini 5 taga yetkazib, umumjamoa hisobida 35 oʻrindan 18-pogʻonaga koʻtarildi.
Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi boks boʻyicha dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.
-51 kg vaznda Hasanboy Doʻsmatov finalda mezbonlar vakili Bilol Bennamaga qarshi ringga koʻtarilib, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Andijonlik bokschi Rio-2016da ham tengsiz boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq taekvondo boʻyicha Ulugʻbek Rashitov ham ikki karra Olimpiya oʻyinlari gʻolibligini qoʻlga kiritib, bu borada birinchi oʻzbekistonlikka aylangandi.
Kun avvalida 45-oʻrinda turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024dagi medallarini 5 taga (3 ta oltin, 2 ta bronza) yetkazib, umumjamoa hisobida 18-pogʻonaga koʻtarildi.
27 iyul kuni Fransiya poytaxtida ochilgan XXXIII Yozgi olimpiya oʻyinlari 11 avgustga qadar davom etadi.
Saʼdullayev Javlon tayyorladi.