Parij-2024: Oʻzbekiston delegatsiyasi medallarini 5 taga yetkazib, umumjamoa hisobida 35 oʻrindan 18-pogʻonaga koʻtarildi

0
51
views

Parijda boʻlib oʻtayotgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida  Oʻzbekiston delegatsiyasi medallarini 5 taga yetkazib, umumjamoa hisobida 35 oʻrindan 18-pogʻonaga koʻtarildi.

 Yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi boks boʻyicha dastlabki medalini qoʻlga kiritdi. 

-51 kg vaznda Hasanboy Doʻsmatov finalda mezbonlar vakili Bilol Bennamaga qarshi ringga koʻtarilib, 5:0 hisobida gʻalaba qozondi va ikki karra Olimpiada chempioniga aylandi. Andijonlik bokschi Rio-2016da ham tengsiz boʻlgandi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq taekvondo boʻyicha Ulugʻbek Rashitov ham ikki karra Olimpiya oʻyinlari gʻolibligini qoʻlga kiritib, bu borada birinchi oʻzbekistonlikka aylangandi.

Kun avvalida 45-oʻrinda turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Parij-2024dagi medallarini 5 taga (3 ta oltin, 2 ta bronza) yetkazib, umumjamoa hisobida 18-pogʻonaga koʻtarildi.

27 iyul kuni Fransiya poytaxtida ochilgan XXXIII Yozgi olimpiya oʻyinlari 11 avgustga qadar davom etadi.

Saʼdullayev Javlon tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here