Surxondaryoda oʻtadigan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda

0
374
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrda qabul qilgan «Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qaroriga binoan har ikki yilda Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazilishi belgilandi.

Joriy yilning  5-10 aprelida Termiz shahrida oʻtkaziladigan «I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali» ishtirokchisi Oribov Gʻolibjon  2013 yil 29-sentyabrda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tugʻilgan. U ushbu festivalda  eng yosh baxshisi sifatida ishtirok etadi. 

 Gʻolibjonning zehni oʻtkir,  rasm chizishga, ularni har-xil ranglarga boʻyashga, sheʼr yodlashga, qoʻshiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi. Ustozi Mahammad  Eshboyevdan baxshilik sanʼatining sir-sinoatlarini oʻrganib kelyapti.

Mavluda ASQARXOʻJAYEVA

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.