Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrda qabul qilgan «Xalqaro baxshichilik sanʼati festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida»gi qaroriga binoan har ikki yilda Surxondaryo viloyatida Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkazilishi belgilandi.
Joriy yilning 5-10 aprelida Termiz shahrida oʻtkaziladigan «I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali» ishtirokchisi Oribov Gʻolibjon 2013 yil 29-sentyabrda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tugʻilgan. U ushbu festivalda eng yosh baxshisi sifatida ishtirok etadi.
Gʻolibjonning zehni oʻtkir, rasm chizishga, ularni har-xil ranglarga boʻyashga, sheʼr yodlashga, qoʻshiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi. Ustozi Mahammad Eshboyevdan baxshilik sanʼatining sir-sinoatlarini oʻrganib kelyapti.
Mavluda ASQARXOʻJAYEVA