Toshkentda hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi

0
345
marta koʻrilgan.

Toshkentda hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori  Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytiga joylashtirildi.

24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida tashkil etiladigan Laʼl Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab 5-6-7- sinflariga hamda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga alohida 30 nafardan oʻquvchi qabul qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlar salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Qarorning toʻliq matni bilan saytda tanishingiz mumkin.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.