Toshkentda hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab ochilishi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi saytiga joylashtirildi.
24-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida tashkil etiladigan Laʼl Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab 5-6-7- sinflariga hamda 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab 5-sinfiga alohida 30 nafardan oʻquvchi qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlar salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Qarorning toʻliq matni bilan saytda tanishingiz mumkin.