Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasiga, zamonaviy bilim olishiga eʼtibor qaratar ekanmiz atrof-muhitni asrash, tabiatni oʻrganish, uni sevish bilim va koʻnikmalarini ham shakllantirish maqsadga muvofiq. Bolajonlarning tabiatga mehr-muhabbati avvalo oʻz uyidan, mahallasidan boshlanadi. Zero, «Mahalla Vatan ichra vatan» deyilishi, bejiz emas.
Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasining Rakatboshi koʻchasi 15a- uy hududida “Onalar yashil makon uchun!” aksiyasi boʻlib oʻtdi.
Unda Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi va xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari, mahalla fuqarolari, hokim yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etib, u yerga 25 dona mevali koʻchat daraxtlari ekildi. Bolalar maydonchasi saranjom sarishta qilindi.
Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Chunki, ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilish bilan birga chor-atrofni kislorod bilan taʼminlaydi. Goʻzal manzaralar kishining dilini yayratib, koʻzlarini quvontirsa, sof havo inson saloiatligiga salomatlik ulashadi.
Otabek Nasimov, Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati