Yakkasaroyda “Onalar yashil makon uchun!”aksiyasi

0
588
marta koʻrilgan.

Farzandlarimiz taʼlim-tarbiyasiga, zamonaviy bilim olishiga eʼtibor qaratar ekanmiz atrof-muhitni asrash, tabiatni oʻrganish, uni sevish bilim va koʻnikmalarini ham shakllantirish  maqsadga muvofiq. Bolajonlarning tabiatga mehr-muhabbati avvalo oʻz uyidan, mahallasidan boshlanadi. Zero,  «Mahalla Vatan ichra vatan» deyilishi, bejiz emas.

Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy mahallasining Rakatboshi koʻchasi 15a- uy hududida “Onalar yashil makon uchun!” aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi xodimlari, tuman hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi va xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari, mahalla fuqarolari, hokim yordamchisi, mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirok etib, u yerga 25 dona mevali koʻchat daraxtlari ekildi. Bolalar maydonchasi saranjom sarishta qilindi.

 Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Chunki, ekilgan koʻchatlar unib-oʻsib chiroyli manzara hosil qilish bilan birga chor-atrofni kislorod bilan taʼminlaydi. Goʻzal manzaralar kishining dilini yayratib, koʻzlarini quvontirsa,   sof havo inson saloiatligiga salomatlik ulashadi.

Otabek Nasimov, Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.