«Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida tadbir

0
256
marta koʻrilgan.

Respublika boʻylab «Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida davom etayotgan tadbirlardan yana biri poytaxtdagi Yunus Rajabiy  nomidagi MFYida  oʻtkazildi.

Yuzdan ortiq mahalla ahli qatnashgan tadbir avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulugʻvor islohotlar aks etgan videolavha namoyish etildi.

Shuningdek,  tadbirda Yakkasaroy tuman xokimi  Anvar Sayfiddinov, tuman prokurori Nilufar  Allberganova,  91-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Aziza Temirova  qatnashib, keyingi  yillarda mamlakatimizda  ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani va bu barcha sohalarda boʻy koʻrsatayotgani, uchinchi uygʻonish davriga poydevor qurilayotgani  xususida gapirishdi.

Yigʻilishda pandemiya vaktida mahalla ahliga yakindan yordam koʻrsatgan maxalla faollari ragbalantirildi va  ona Vatan, tinchlik, hamjihatlik, ulugʻvor islohotlarni madh etuvchi sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar yangradi.

Shuningdek, keng koʻlamli  tadbir davomida mahalla hunarmandlari, rassomlari tomonidan tashkil etilgan amaliy sanʼat koʻrgazmalari ham namoyish etildi.

«Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida oʻtkazilgan tadbir tuman rahbarlarining xalq bilan ochiq muloqatini ham oʻzida ifoda etdi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.