Respublika boʻylab «Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida davom etayotgan tadbirlardan yana biri poytaxtdagi Yunus Rajabiy nomidagi MFYida oʻtkazildi.
Yuzdan ortiq mahalla ahli qatnashgan tadbir avvalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulugʻvor islohotlar aks etgan videolavha namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda Yakkasaroy tuman xokimi Anvar Sayfiddinov, tuman prokurori Nilufar Allberganova, 91-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Aziza Temirova qatnashib, keyingi yillarda mamlakatimizda ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani va bu barcha sohalarda boʻy koʻrsatayotgani, uchinchi uygʻonish davriga poydevor qurilayotgani xususida gapirishdi.
Yigʻilishda pandemiya vaktida mahalla ahliga yakindan yordam koʻrsatgan maxalla faollari ragbalantirildi va ona Vatan, tinchlik, hamjihatlik, ulugʻvor islohotlarni madh etuvchi sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar yangradi.
Shuningdek, keng koʻlamli tadbir davomida mahalla hunarmandlari, rassomlari tomonidan tashkil etilgan amaliy sanʼat koʻrgazmalari ham namoyish etildi.
«Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash» shiori ostida oʻtkazilgan tadbir tuman rahbarlarining xalq bilan ochiq muloqatini ham oʻzida ifoda etdi.
gujum.uz