«O‘zLiDeP» Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent Turin politexnika universitetida «Yosh innovatsiyachi» koʻrik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda 10 ga yaqin yosh ixtirochilar oʻzlarining yangi gʻoya va innovatsion loyihalari bilan ishtipok yetdi
Toshkentdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining 2 bosqich oʻquvchisi Islom Alamov koʻrik-tanlovda ishtirok etgan yosh ixtirochilardan biri. U oʻz taqdimotida yaqinda yaratgan «Lotos 7» avtomobilini namoyish etdi.
– VAZ 2103 vorisi sifatida yaratilgan ushbu mashina soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladi, eng muhimi, 100 km masofaga 7 litr yoqilgʻi sarflaydi, – deydi yosh ixtirochi. – Shu bois mazkur loyiham tanlov qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi va hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi. Kelgusida uni yanada takomillashtirib, poyga mashinasi sifatida foydalanish niyatim bor.