«Yosh innovatsiyachi» koʻrik-tanlovi

0
264
marta koʻrilgan.

«O‘zLiDeP» Toshkent shahar kengashi tomonidan Toshkent Turin politexnika universitetida «Yosh innovatsiyachi» koʻrik-tanlovining Olmazor tuman bosqichi oʻtkazildi. Tanlovda 10 ga yaqin yosh ixtirochilar oʻzlarining yangi gʻoya va innovatsion loyihalari bilan ishtipok yetdi

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyining 2 bosqich oʻquvchisi Islom Alamov koʻrik-tanlovda ishtirok etgan yosh ixtirochilardan biri. U oʻz taqdimotida yaqinda yaratgan «Lotos 7» avtomobilini namoyish etdi.

– VAZ 2103 vorisi sifatida yaratilgan ushbu mashina soatiga 160 km tezlikda harakatlana oladi, eng muhimi, 100 km masofaga 7 litr yoqilgʻi sarflaydi, – deydi yosh ixtirochi. – Shu bois mazkur loyiham tanlov qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi va hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholandi. Kelgusida uni yanada takomillashtirib, poyga mashinasi sifatida foydalanish niyatim bor.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.