Zaynab Dayibekova sablya yoʻnalishida Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan oʻzbekistonlik ilk sportchi

0
269
views

 Zaynab Dayibekova poytaxtimizda oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha litsenzion musobaqada gʻalaba qozonib, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma oldi. Bu bilan mamlakatimiz  qilichbozlarining  Tokio-2020 Olimpiyasi uchun qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari 3 taga yetdi.

Z. Dayibekovaning yutugʻi va omadi  shunda-ki, qilichboz qizlar orasida sablya yoʻnalishida Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan oʻzbekistonlik ilk sportchidir. 

Musobaqa qahramoni bellashuvdan  soʻng faxr bilan shunday dedi: “2017 yil muhtaram Prezidentimiz bilan uchrashganimizda ularga Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olaman, deb vaʼda bergan edim. Xudoga shukur, bugungi gʻalabam yuzimni yorugʻ qildi,  vaʼdamning ustidan chiqdim. Fursatdan foydalanib, menga ishongan, qoʻllab-quvvatlagan onajonim va murabbiylarimga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.   Yangi Oʻzbekiston yoshlari qatorida Tokio Olimpiyasida ham  yurtimiz bayrogʻini yanada yuqorilarga koʻtarishga vaʼda beraman”.

GUJUM.UZ

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here