Qonni tozalovchi, tomirlarni ochuvchi va xolesterin miqdorini pasaytiruvchi malhamlar

0
549
marta koʻrilgan.

Bugungi tavsiyalarimiz qonni tozalovchi, tomirlarni ochuvchi va qondagi xolesterin miqdorini pasaytiruvchi malhamlar haqida boʻlib, ushbu usullar azal-azaldan xalq tabobatida qoʻllanib kelingan.

Qushtili  (rozmarin) sirkasi. Bu tabiiy malhamni tayyorlash uchun 3 osh qoshiq rozmarin hovonchada yanchiladi va unga 500 gramm uyda tayyorlangan olma sirkasi aralashtiriladi. Idishning usti yopilib, 7 kun qorongʻi joyda saqlanadi. Keyin 14 kun davomida har kuni malhamning 30 grammi suv bilan aralashtirilgan xolda kuniga 1- 2 mahal och qoringa ichiladi.

Lavr bargini maydalab, undan damlama tayyorlab yoki choyga oʻxshab damlab ichish ham qonni suyultiradi.

 Ushbu aralashmalar yurak va boshqa organlardagi spazm – torayish, qisilish, siqilishlarni yozuvchi, nafas yetishmasligi dardiga chalinganlar uchun eng yaxshi tomir tozalovchi malham boʻlib, miya, yurak tomirlarini kengaytiradi, nafas olishni yengillashtiradi.

Shuning uchun  oʻrta  yoshdan oʻtgan kishilar har yili 1-2 oy mobaynida ushbu tabiiy malhamlarni qabul qilishlari tavsiya qilinadi.

Raʼno ZARIPOVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.