ANJIRNING ShIFOBAXSH XUSUSIYATLARI

0
17363
marta koʻrilgan.

Xalq tabobatida anjir jigar, taloq va oʻpka yalligʻlanishini davolash da keng qoʻllanilgan. Ilmiy tibbiyotda ham bu meva keng foydalaniladi.

Anjirning oʻziga xos xususiyati shuki, uning shinnisi asal kabi koʻp qirrali taʼsirga ega.

Anjir mevasi siydik haydashda ishlatiladi. Shuningdek, koʻp terlashning ham oldini oladi.

 Yengil zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki, uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, natijada buyrak va jigar faoliyati yaxshilanadi.

Tomoq ogʻrigʻi va yoʻtalda anjirning ustiga issiq sut quyib, yarim soat dimlab, ovqatdan oldin bemorga ichiriladi.

Bu neʼmatning isitmani tushirish xususiyatiga ham mavjud. Buning uchun  bemorga quritilgan anjir mevasidan damlama ichirish kerak.

Anjir qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir xastaliklari va semirishning oldini oluvchi vositadir.

Ushbu neʼmat  tarkibida katta miqdorda temir moddasi mavjudligi tufayli kamqonlikda koni foyda.

Anjirdan tayyorlangan sharbat kolit kasalligiga ham davo, ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichilsa ayni natijaga erishish mumkin.

Sutda qaynatilga anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi.

Agar qoʻl yoki oyogʻingizda qadoqlaringiz boʻlsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, bogʻlang. Tez orada qadoqlar koʻchib tushadi.

Anjirning nojoʻya taʼsiri ham yoʻq emas, qandli diabet, podagra va oʻtkir oshqozon-ichak kasalliklarida tavsiya etilmaydi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.