Aspirinning tarixi va buguni

0
6084
marta koʻrilgan.

Aspirin bugungi kunda Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan eng muhim dori vositalari roʻyxatiga kiritilgan. Bu dori vositasi yuz yillik tarixga ega. Dunyodagi barcha mamlakat  odamlari tomonidan keng qoʻllanilmoqda.

Olimlar   Sharl Frederik Jerar majnuntol ildizidan  1853 yilda atsetilsalitsilovoy kislotani sintez qilgan. Olim  Feliks Xoffman 1897 yilda undan aspirin dori vositasini isʼtemol uchun yaratgan. Ikki yil oʻtib, ushbu dorining birinchi guruhi aptekalarga tarqatilgan. U haroratni tushiruvchi, shamollashni davolavchi, ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida  keng qoʻllaniladi. Uning keng qoʻllanilishiga sabab nafaqat arzonligida, balki samarali va kutilgan natijani berishidadir.

Shuningdek yurak tomir kasalliklaridani oldini olishda ham qoʻllaniladi. Keyingi paytda uning koʻkrak raki va toʻgʻri ichak rakining olidini olish xususiyatlari ham aniqlandi. 

Eng asosiysi  dori vositasini toʻgʻri icha bilish lozim.  Avvalo vrach bilan maslahatlashib qay tartibda va qancha miqdorda isʼtemol qilishni soʻrab olish lozim. Uni tarkidida kafein boʻlgan yaʼni choy, kofe, koka- kolalar bilan ichish mumkin emas. Uni bir stakan mineral, oddiy suv yoki sut bilan  ichgan maʼqul.  U suvda tez eriydi va taʼsiri tezlashadi.

Shuni bilish kerakki, aspirin oshqozon shilliq pardasiga salbiy  taʼsiri eʼtiborga olinib usti qoplangan. Uni och qoringa ichib boʻlmaydi. Faqat ovqatdan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq.

Aspirin keyingi paytda kometologiyada ham keng qoʻllanilayapti. 

Masalan, husnbuzarlarni yoʻqotishga yordam beradi. Aspirin dorisi shamollashni olish xususiyatiga ega boʻlganligi bois, yuzdagi husnbuzarlarni kamaytirib, terini tinchlantiradi. Buning uchun 2-3 dona aspirin tabletkasini maydalab, limon suvi bilan aralashtiring va yuzingizga suring. Bir daqiqadan soʻng yuvib tashlang. Bu surtmani quyoshga chiqishdan oldin surtib chiqish mumkin emas.

Hasharotlar chaqqanida surtilsa…Aspirin hasharotlar chaqqanida kelib chiqadigan shish va qichimalarning oldini oladi. Buning uchun bir dona tabletkaning qobigʻini yuvib tashlab, faqat ichini 4 tomchi suvga qoʻshib, malham holatiga keltiring. Surtmani chaqilgan joyga qoʻyib bir necha daqiqa ushlab turing.

Yuzni mayin va silliq qilish maqsadida niqob tayyorlash uchun yetti dona qobiqsiz aspirin tabletkasiga 3 qoshiq yogurt yoki smetana va  bir  qoshiq asal qoʻshib obdon aralashtiriladi. Niqobni yuzga surgach, 3-5 daqiqadan keyin yuvib tashladi. Ushbu niqob yuz terisidagi teshikchalarni kichraytiradi, silliqlashtiradi va tekislaydi.

Qazgʻoqlarni bartaraf etish uchun 2 dona aspirin tabletkasini maydalab bir marta yuvish uchun moʻljallangan shampunga qoʻshib boshingizni yuving.

 Oyoqdagi qadoqlarni ketkazadi. Buning uchun yetti dona aspirin tabletkasini maydalab bir qoshiq limon suviga aralashtiring. Hosil boʻlgan massani poshnangizga qoʻying va issiq holatda ushlab turing. 10 daqiqadan soʻngra yuvib tashlang.

Sochlarni mustahkamlaydi. Buning uchun bir plastinka aspirinni bir piyola iliq suvga aralashtiring, hosil boʻlgan maskani boshingizni yuvgandan keyin yaxshilab surtib chiqing. Oʻn besh daqiqadan keyin yuvib tashlashingiz mumkin. Sochlaringizni nafaqat mustahkamlaydi, balki u jilolanib yaltiraydi.

Kiyimlardagi terdan paydo boʻlgan dogʻlarni ketkazish uchun aspirin donalarini suvda eritib oʻsha joyiga surtib kechasiga qoldiring. Keyin odatdagidek yuvib tashlashsiz va u asl holatiga qaytadi.

Vannani tozalash uchun besh dona aspirin tabletkasini tozalash vositasiga qoʻshib unga surtib qoʻying. Yarim soatlardan keyin vannani yumshoq gubka bilan yuvib tashlang.

Atirgullarning umrini uzaytiradi. Guldonga bir dona aspirinni tashlang. U suvda bakteriyalarning koʻpayishiga yoʻl qoʻymaydi. Faqat, barcha gullarni emas. Bunda gullarning xususiyatiga ham qaraladi. Baʼzi gullar nardonlikni emas, shirinlikni xush koʻradi. Bunga ham eʼtibor  berish  kerak.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira Bekchanova va Dilbar Bekchanova

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.