BAHORIY KOʻKATLAR  MAVSUMI KELDI

0
1399
marta koʻrilgan.

Bahor kelishi bilan baʼzi kishilar oʻzini lohas seza boshlaydi. Tez charchab qoladi. Bu esa inson immun tizimining pasayganidan darak beradi.

Xalq tili bilan aytganda “ilik uzildi” davri deyiladi.  Bunday paytda inson tanasi turli virusli kasalliklarga tez chalinib qolishi mumkin. Bu kabi koʻngilsizlikning oldini olish maqsadida  oʻy bekalarimiz  bahoriy neʼmatlarga alohida eʼtibor berishi kerak.

Yashil salat bargi, koʻk piyoz, yangi uzilgan sarmisoqpiyoz,  yalpiz, rayxon, ismaloq,  shivit, kashnich va boshqa koʻkatlardan tayyorlangan salatlar deyarli har kuni dasturxonimizda boʻlishi kerak. 

Pishirilmagan maydalab kesilgan sabzi, karam, limon  kabi turli xil neʼmatlar hamhar kuni  isteʼmol qilish kerak.

 Shuningdek, uy bekalarimiz  yurtimizda oʻsadigan bahoriy  koʻkatlardan chuchvara, samsa, goʻmma, koʻkatli non, manti kabi mazali taomlarni tayyorlab oila aʼzolarini xushnud     qilishlari maqsadga muvofiqdir.

Muhabbat Xoʻjamurodova tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.