BANAN — QUVVATBAXSH ICHIMLIKLARDAN HAM KUCHLIROQ MEVA

0
372
marta koʻrilgan.

AQSHning Shimoliy Karolina universitetida faoliyat olib boruvchi tadqiqotchilar izlanishlari natijasida tetiklashtiruvchi xususiyatga ega boʻlgan eng kuchli mevani aniqladilar.

Tadqiqot davomida koʻngilli velopoygachilar ikki guruhga ajratildi va biriga maxsus sport ichimliklari, ikkinchisiga esa oddiy bananlar berildi. Natijada banan har qanday quvvatbaxsh ichimliklardan kuchliroq taʼsirga ega ekanligini aniqlashdi.

Meva oʻz tarkibida yuqori miqdordagi kletchatka, kaliy, V 6 guruhidagi vitaminlar va antioksidantlarni saqlaydi. 

Bundan tashqari bananlar tarkibida foydali shakarlar (saxaroza, fruktoza, glyukoza) ham mavjud boʻlib, ular hech qanday ziyonsiz organizm tonusini oshiradi.

Eng asosiysi, ona tabiat ehsoni — tabiiy neʼmatlar shifobaxshligi yana bir bor tasdigʻini topgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.