Bolalar milliy tibbiyot markazida noyob jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilmoqda

0
346
views

Mamlakatimizda bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yuqori bosqichga koʻtarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻtgan yili barpo etilgan Bolalar milliy tibbiyot markazida bugungi kunda  bemor bolajonlar salomatligini tiklash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Malakali chet el shifokorlarini taklif qilgan holda muassasada noyob jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilmoqda.

Kuni kecha markazga Fransiyaning Nant universiteti klinikasining bolalar yurak nuqsoni va kardiologiya boʻlimi rahbari professor Olivye Baron keldi. 18 iyundan 27 iyunga qadar mamlakatimizda boʻladigan professor shu qisqa vaqt ichida yuragida nuqsoni bor bir qancha bolajonlarni operatsiya qilishi, oʻzbekistonlik hamkasblariga shu yoʻnalishda mahorat darslari olib borishi rejalashtirilgan.

Malakali professor tomonidan operatsiya boʻlishi kutilayotgan bolalar orasida “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari ham borligi eʼtiborga molik.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi  

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here