Bolalar uchun malinaning foydali xususiyatlari

0
1566
marta koʻrilgan.

Bolalar uchun malinaning foydali xususiyatlarini koʻpgina ota-onalar yaxshi bilishadi. Shunday boʻlsada tavsiya oldidan ushbu rezavor oʻsimlikning xususiyatlari bilan tanishtirish foydadan holi boʻlmaydi.

Rezavor mevalardan biri —  maymunjon raʼnoguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik buta. Novdalari tikanli. Mevasi qora yoki qizil-qora boʻlib, oʻsimlikning ildizi, bargi va mevasi shifobaxsh. Mevasi tarkibida 8 foizgacha qand, 1,5 foizgacha kislota bor. Asosan yangi uzilgan mevasi isteʼmol qilinadi. Undan murabbo ham tayyorlanadi.

Ildizi erta bahorda yoki kuzda kovlab olinib, yaxshilab yuviladi va ochiq yerda quritiladi. Bargi esa oʻsimlik gullagan paytda yigʻilib, salqinda saqlanadi. Mevasi, bargi tarkibida qandlar, vitamin S, organik kislotalar, karotin, oshlovchi moddalar bor. May-iyun oylarida gullaydi, mevasi iyun-iyul oylarida pishadi.

Xalq tabobatida maymunjon mevasi organizmni keraksiz moddalardan tozalovchi, ishtaha ochuvchi, isitma koʻtarilganda haroratni pasaytiruvchi, chanqov bosuvchi, terlatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Ildizidan tayyorlangan qaynatma siydik haydovchi dori sifatida hamda tish milklari kasallanganda ogʻizni chayish uchun qoʻllanadi. Ushbu damlama ogʻiz va tomoq yoʻlidagi mikroblarni oʻldiradi. Tomoq ogʻrigʻida foydali. Barg damlamasi shamollash kasalliklarida ichilsa terlatadi. Damlamaga oyoq va qoʻl botirib turilsa, koʻp terlashdan xalos boʻlish mumkin. Hoʻl bargi maydalanib, temiratki va surunkali yiringli yaralarga bogʻlansa, yarani tuzatadi. Qoʻtir kasalligida ham shu usul qoʻllaniladi.  Oʻsimlikning yuqori novdalari damlanib, kuniga uch mahal ovqatdan oldin ichib yurilsa, qandli diabetda foyda qiladi.

Bolalarni davolashda malina qanday foydalaniladi. Kattalar va bolalar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish tarzida juda katta farqlar mavjud. Avvalo, malina (maymunjon) shamollaganda tomoqni davolash uchun tavsiya etiladi.  Bolalar uchun  ushbu neʼmatning afzal xususiyatlari:  tomoq ogʻrigʻini kamaytiradi,  kuchli antiseptik taʼsirga egaligi tufayli bakteriyalardan qutqaradi, bolaga bronxlarni shilimshiqdan tozalashga va balgʻamni olib tashlashga yordam beradi.

Malinaning bolalar uchun yana qanday foydali xususiyatlari mavjud? Koʻpgina dori-darmon ishlab chiqaruvchilar oʻzlarining ichimliklarini mazasini yaxshilash uchun ushbu rezavorning siropidan foydalanadilar. Anʼanaviy tibbiyotda shamollash va grippga qarshi vosita sifatida shoxchalari  va mevalaridan foydalanadilar. Yoʻtalga qarshi malham ishlab chiqarish uchun barglari qoʻllaniladi. Malina gullaridan esa yuzdagi furunkullarni ketkazadigan malham tayyorlash uchun ishlatadilar. Ishtahasi yoʻqolgan bola uchun rezavorning tarkibidagi S  darmondorisi katta foyda boʻlib, kichkintoyning ishtahasini ochadigan malhamlarda ishlatadilar.

Bolaga zarar qiladigan tomonlarini ham bilib qoʻygan yaxshi. Buyrakda muammosi boʻlgan bolalar uchun oshqozon yarasi, gastrit, allergiya kasalligida malinalar katta zarar etkazishi mumkin.

Shuning uchun ixtisoslashgan shifokor bilan oldindan maslahatlashib, soʻngra neʼmatdan foydalanish talab etiladi!

Fazilat Saʼdullayeva, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.