Bolalarda skolioz ona qornidayoq paydo boʻladi. Koʻplab xomilador ayollar gazli ichimliklar ichishadi. Bu esa homila umurtqasi rivojlanmay qolishi, nuqsonlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Shuningdek, bolani beshikka belashda ham gap koʻp. Bolani beshikka yotqizayotganda ehtiyotkor boʻlish kerak. Beshikda bolani tagiga qoʻyilgan beshikdagi koʻrpacha tekis joylashtirilishi lozim. Chunki beshikka bolani qanday yotqizsangiz, umurtqasi shunday rivojlanadi.
Farzandning toʻgʻri ovqatlanishiga ham eʼtibor berilishi hamda jismoniy mashqlarni muntazam bajarib borilishi ham qomatni tekis rivojlanishiga yordam beradigan omillardir.
Sh. BEKCHANOVA, oliy toifali vrach, tibbiyot fanlari nomzodi