Skolioz umurtqa pogʻonasining kiyshayishi va mushaklarning zararlanishidir.
Bolalarda skolioz esa umurtqa pogʻonasining yon tomonga qiyshayishi boʻlib, bu dard raxit, qaddiqomatning noraso boʻlishi, umurtqa pogʻonasining shikastlanishi, nerv sistemasining baʼzi kasalliklariga sabab boʻladi. Koʻkrak qafasi shaklining oʻzgarishi bukrilikka olib keladi.
Kelib chiqishiga koʻra, tugʻma va orttirilgan skolioz boʻladi. Baʼzi hollarda skolioz ona qornidayoq paydo boʻladi. Koʻplab xomilador ayollar gazli ichimliklar ichishni xush koʻrishadi. Bu esa homila umurtqasi rivojlanmay qolishi, nuqsonlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi.
Bola tugʻilgandan keyin beshikka yotqizayotganda ehtiyotkor boʻlish kerak. Beshikda bolani tagiga qoʻyilgan koʻrpacha tekis joylashtirilishi lozim, chunki beshikka bolani qanday yotqizsangiz, umurtqasi shunday rivojlanadi.
Toʻgʻri ovqatlanishga eʼtibor berilishi, doimiy jismoniy mashqlar bajarilishi qomatni tekis rivojlanishiga yordam beradigan omillardir.
Shoira Bekchanova, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach