Bolalardagi yassioyoqlikni davolash

0
2826
marta koʻrilgan.

Yassioyoqlik (ploskostopiye) bolalarda jiddiy kasallikdek tuyulmasada, xar xil asoratlar kelib chikadi. Ulgʻayganda uzoq yurolmaydigan, tez toliqadigan, boldirlarida kuchli ogʻriqlarni his qiladi. Uni davolasa boʻladimi deb soʻrashadi.   Albatta boʻladi!

Unga dori vositalari shart emas. Ota-onaga hafsala va oʻz  bolasiga etibori kerak. Buni bola  goʻdakligida-yoq  boshlasa natijasi samarali    boʻladi. Odatda sogʻlom oyoq ost kismining ichki tomoni umumiy ost kismiga nisbatan oʻyiqroq boʻlishi kerak.  Yassioyoqlikda ushbu ichki tomon yoʻq boʻladi yoki juda kam qismni tashkil etadi.

Bolalarda yassioyoqlikni oldini olish uchun bola tugʻilgan ilk kunlaridan muolajani  boshlash lozim.  Bola oyoq ostini mushaklarini chiniqtirib, yengil uqalash lozim.

Shuningdek, nuqtali  massaj ham yaxshi samara beradi.   Bosh barmoq bilan  yengil bosim qilish(tochichniʼy massaj) mumkin. Boldir va tovon mushaklari massajini onalar oʻzlari ham har kuni 10 minutdan qilishi mumkin.  Bunda boldirlarni uqalash pastdan yuqoriga qarab amalga oshiriladi. 

Shuningdek, goʻdak yura boshlagandan keyin yoz kunlarida  tuproq va qumda oyoq yalang yurishga oʻrgatish kerak.  Bu tabiiy muolaja yassioyoqlikka foyda boʻlish bilan birga bolaning yerdan kuch olishiga ham imkoniyat yaratadi.

Yana yassioyoqlikka foyda boʻladigan maxsus oyoq kiyimlar ham bor. Ortopedik poyafzallarni bolaning razmeriga va yil fasllariga  qarab maxsus tikib berishadi. Bu ham juda  foydali! 

Soliyjon BEKCHANOV, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.