BOLALARGA ATALGAN LIMONLI XALQONA MALHAMLAR

0
293
marta koʻrilgan.

Yosh bolalarda stomatit kasalligi koʻp uchraydi. Ushbu darddan tabiiy mahsulotlar yordamida forix boʻlish mumkin.

Malham  tayyorlash: yarimta limon sharbati siqib olinadi, unga  1 choy qoshiq asal aralashtirilib, ustidan yarim stakan suv quyiladi.

Ishlatilishi: Ushbu suyuqlik bilan 3-4 hafta davomida ogʻiz boʻshligʻi chayiladi.

Baʼzi bolalarning burni tez-tez qonab turadi. Qon ketayotganda bir boʻlak paxtani limonning efir moyiga shimdirib, burunning qon oqayotgan teshigiga tiqib qoʻyiladi.

Milklar qonaganda yangi uzilgan limon poʻsti (ichki tomoni) bilan qonayotgan milklarni har kuni bir necha daqiqa davomida uqalash mumkin. Bir haftadan soʻng milklar qonamay qoʻyadi.

 Ogʻizdan yoqimsiz hid kelayotganda har kuni 1 choy qoshiq qirgʻichdan oʻtkazilgan limon poʻsti va 1 choy qoshiq asal aralashmasi isteʼmol qilinishi tavsiya etiladi.

Oyoq terlashida oyoqlarni iliq suv bilan yaxshilab yuvgandan soʻng, barmoq va ularning oralariga limon boʻlagi surib chiqiladi hamda qurigunicha tegilmaydi. Ushbu muolajani har kuni yotishdan oldin bajarish lozim. Kunduzi esa barmoqlar orasiga yupqa qilib gigroskopik paxta qoʻyiladi. Shu usul bilan bir hafta ichida oyoq terlashidan qutulish mumkin.

Tomir tortishishida ertalab va kechqurun tovonlarga yangi uzilgan limon sharbati surib, quriguncha yurmaslik kerak. Davolanish muddati ikki haftadan oshmasligi lozim.

Fazilat SAʼDULLAYEVA, farmatsevt

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.