«Britancha» shtamm xavfini cheklash borasida Oʻzbekistonda koʻrilayotgan choralar

0
311
marta koʻrilgan.

Bugun AOKA zalida Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nurmat Otabekov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda mavzu yuzasidan savollarga javob  berildi.

– «Britancha» shtammni Oʻzbekistonga umuman kiritmaslikning imkoni bormi?

Yoʻq, biz uni hududimizga umuman kiritmaslik imkoniyatiga ega emasmiz. Boisi hozirgi kunga kelib, dunyoning 60ga yaqin davlatlarida bu shtamm aniqlandi. Koronavirusning “Britancha” shtamm kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va JAR davlatlaridan Oʻzbekistonga kirish va chiqish boʻyicha taqiq mavjud boʻlsa-da, dunyoda oʻzbekistonliklar borib-kelishi mumkin boʻlgan davlatlarning soni juda koʻp. Kasallik aynan yuqorida sanab oʻtilgan davlatlardan emas, balki uchinchi, toʻrtinchi davlatdan kirib kelish ehtimoli mavjud.

– Koronavirusning «Britancha» shtammini odamlar orasiga kirishining oldini olsa boʻladimi?

– Ha, shunga harakat qildik. Koronavirusning «Britancha» shtammini odamlar orasiga kirishiga yoʻl qoʻymadik. Butun dunyodagi koʻplab iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarni koronavirus kasalligi karaxt holatga keltirib qoʻygan bir paytda, respublikamizdagi epidemik barqarorlik bizdagi tizim nimalarga qodir ekanligini koʻrsatib turibdi. «Britancha» shtamm aniqlangan bemor aeroportning oʻzida alohidalandi, shifoxonaga yotqizildi va bemorda hech qanday asoratlar kuzatilmadi.

Yutugʻimiz shuki, biz aeroport, qoʻyingki shifoxona sharoitida kasallik manbaini jilovladik, uning odamlar orasiga kirib ketishiga yoʻl qoʻymadik.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.