Birinchi tavsiya: Makkajoʻxori popugi – 20 gramm, zupturum (podorojnik bolshoy) bargi – 40 gramm, dala qirq boʻgʻimi (Xvoshʼ polevoy) – 30 gramm, mavrak (Shalfey) – 15 gramm, dalachoy (zveroboy) – 20 gramm olinadi. Ushbu yigʻma dorivor giyohlarning grammini aniqlash qiyinchilik tugʻdirsa, ulardan bir osh qoshiq olinadi va bir stakan qaynagan suvda 6 soat damlab qoʻyiladi. Soʻngra eritma elakdan yoki dokadan oʻtkazilib, yana 5-6 daqiqa qaynatiladi va tayyor boʻlgan tabiiy malxam kun boʻyi xoʻplab- xoʻplab ichiladi.
Ikkinchi tavsiya: Dala qirq boʻgʻimi (xvoshʼ polevoy) – 15 gramm, gʻozpanja (lapchatka gusinaya) ildizi – 15 gramm, zupturum (podorojnik bolshoy) bargidan – 20 gramm olinadi. Ushbu yigʻma bir stakan qaynab turgan suvga solinadi va damlab qoʻyiladi. Keyin uni dokadan oʻtkazib, kechqurunlari 1 stakandan issiq xolida ichiladi. Eng qulay usuli termozga damlab qoʻyishdir.
Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari namzodi, oliy toifali vrach