Yerqalampir (xren)ning foydali xususiyatlari

0
526
marta koʻrilgan.

Yerqalampir (xren) juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi. Shuning uchun qishga konserva tayyorlayotganda yerqalampir solinadi.

Ushbu dorivor neʼmatning  tarkibida kaliy, kalsiy, natriy, fosfor, temir va boshqa minerallar mavjud. Shuningdek,  u V, S darmondorilari, askorbin kislota, fitonsidlar, efir moylari, shakar, kraxmal,  uglevod, kletchatkalarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Barra barglari esa S, V, PP vitaminlari va karotinaga moʻlligi bilan ayniqsa, foydalidir.

Traxeit, bronxit, uzluksiz yoʻtalda  qoʻllanilishi: qirgʻichdan oʻtkazilgan bir qoshiq yerqalampirni uch qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi.

Sistit va uretrit dardiga chalingan  bemorlar uchun qoʻllanilish usuli: qirgʻichdan oʻtkazilgan 1osh  qoshiq yerqalampirni 100 ml. qaynoq suv bilan aralashtirilib, 5 daqiqa usti yopib tindirib qoʻyiladi va bir kunda 3-4 mahal ichiladi.

Boʻgʻim ogʻriqlarida quyidagi malham tavsiya qilinadi: yerqalampirning ildizi goʻsht maydalagichdan oʻtkazilib, unga teng miqdorda maydalagichdan chiqarilgan olma qoʻshiladi. U yaxshilab aralashtirilib ogʻriq joyga malham sifatida kompress qilinadi.

Shoira  BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.