Salomatlik — goʻzallik. U esa sizning vujudingizga boʻlgan eʼtiboringizga va sogʻlom ovqatlanishingizga bogʻliq.
Qorin ogʻrigʻida piyozni choyga qoʻshib ichish foydali. Tayyorlash usuli: 1ta bosh piyozni toʻrtga boʻling, bir stakan issiq choyga solib, 5-10 daqiqa damlang.
Yuz terisini parvarishlash: 1 choy qoshiq limon sharbati, 2 osh qoshiq qirgʻichdan oʻtkazilgan xom kartoshka, 0,5 choy qoshiq smetana va 1 choy qoshiq oʻsimlik moyi bilan aralashtiring. Ushbu niqob yuzni taranglashtiradi, oziqlantiradi hamda oqartiradi.
Ovqat oldidan salat isteʼmol qiling. Olimlar tadqiqotiga koʻra, salatni ovqatdan avval tanovul qilish kerakligini taʼkidlashayapti. 150 gramm miqdoridagi eng yengil salat tushlikdagi kaloriya miqdorini 7 foizga, 300 gramm qismi esa 12 foizga kamaytirishga yordam beradi.
Toʻyib ovqatlanish ham hazm tizimiga ogʻirlik qiladi. Shuningdek, yogʻli ovqatlar oʻrniga, barra koʻkat va sabzavotlar qoʻshilgan taomni tanlang.
F. SAʼDULLAYEVA tayyorladi.