Guruchning foydali xususiyatlari

0
3227
marta koʻrilgan.

Guruchning foydali xususiyatlari juda koʻp va oʻziga xos. Chunki u suvda oʻsadigan asosiy yagona  boshoqli oʻsimlik  sholidan olinadi. Boshqa boshoqli oʻsimliklarga nisbatan guruch tarkibida kaliy va fosfor, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar koʻp.

Guruch oqilona ovqatlanuvchi hamda faol hayot kechiruvchilar uchun ajoyib ozuqa hisoblanadi. Uning tarkibida 78 foizgacha uglevodlar mavjud boʻlib, tiamin-V1, riboflavin-V2, niatsin-Vz, V6, Ye vitaminlariga boy. Uglevodlar inson organizmidagi energiyani saqlagan holda ortiqcha yogʻ va qand moddasini hamda asab tizimi faoliyatini meʼyorlashtirishga yordam beradi.

Kaliy moddasiga boyligi bois organizmga bosh­qa mahsulotlar bilan tushadigan tuz miqdorini meʼyorlashtiradi. Shuningdek, fosfor, rux, temir, kalsiy hamda yod moddalarining organizmda modda almashinuvini meʼyorlashtirishda, tishlarning mustahkam boʻlishi, bosh miya faoliyatini boshqarishdagi ahamiyati nihoyatda katta. U oqsillarni organizmga soʻrilishini tezlashtiradi.

Guruch tarkibida umuman tuz boʻlmaganligi sababli uni yurak qon-tomir, buyrak yetishmovchiligi kasalliklari bor boʻlgan hamda ortiqcha vazndan qutulishni istagan kishilarga ham ozuqa sifatida tavsiya etiladi.

Gepatit (sariq) kasalligida faqat guruch bilan sariyogʻ yeyiladi.

Qandli diabet kasalligida qora loviyadan 250 g, oshqovoqdan 250 g, guruchdan 150 g olib qaynatib ichiladi.

Muhabbat XOʻJAMURODOVA tayyorladi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.