Homiladorlik davrining nozik holatlaridan biri- koʻngil aynishi

1
41190
marta koʻrilgan.

Homiladorlik davridagi koʻngil aynishi dardini tibbiyotda toksikoz deyiladi. Uni davolash uchun asosan parhez saqlashga rioya qilish lozim. Masalan, homiladorlikning ilk davrida koʻpgina ayollar ovqat isiga, baʼzi bir mahsulotni koʻrganida yoki koʻngli behuzur boʻlayotgan boshqa bemorni koʻrganda ham koʻngil aynishi paydo boʻladi. Bunday bemorlar  xush kelmaydigan holatlardan taksikoz davri(dastlabki uch oy) oʻtib ketguncha oʻzini asrashi kerak. Baʼzi homiladorlarda kechki toksikoz ham kuzatiladi.

Davolanishga majbur boʻlganida imkon qadar dori-darmonlarni kam isʼtemol qilishga harakat qilish kerak. Ayniqsa, homilaning birinchi uch oyligi katta ahamiyatga ega. Chunki homila hosil boʻlish davri hisoblanadi. Shuning uchun ichki va tashqi taʼsirlardan ehtiyot  boʻlish kerak. Endigina rivojlanayotgan  homila nuqsonli boʻlib qolishi mumkin.

Lekin toksikozning ogʻir va oʻta ogʻir darajasida dori-darmon bilan davolanmasdan iloji yoʻq. Asosiysi koʻngil aynishini toʻxtatish hisoblanadi.

Kasallikning yengil turida oʻsimliklardan tayyorlangan oddiy malhamlar tavsiya etiladi. Ogʻir turida bemor dorilarni icha olmasligi, qayt qilib tashlashi mumkinligi uchun muolaja ineksiya orqali yuboriladi.

Bemor hamisha vrach  nazorati ostida boʻlishi lozim. Agar toksikoz kuchli boʻlib, ayolning ahvoliga xavf solsa, homiladorlikni toʻxtatish talab etiladi.

Agar ayol sogʻlom boʻlishni va durkun farzand dunyoga keltirishni chin dildan istasa, tugʻruqlar orasidagi muddatga rioya qilishi, homilador boʻlishdan oldin yaxshilab davolanishi, sogʻligini mustahkamlab, soʻngra onalikka tayyorlanishi kerak. Sogʻlom va durkun ayolda taksikoz boʻlmaydi. Aziz kelinchaklar, onalik baxti oʻz qoʻlingizda.  Durkun farzand dunyoga keltirish uchun avvalo, oʻzingiz sogʻlom boʻlishga intiling!

Oilaning ustunlari -aziz oʻgʻlonlarimiz, ayolingizdagi nozik holatni his qiling va ushbu  davrda ularga yanada eʼtiborli boʻlib,  qoʻllab — quvvatlashga intiling. Baxtiyor otalik ana shu davrdan boshlanadi.

 Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi

Yoyish

1 mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.