Bu hikmat bugungi kun uchun ham oʻta muhim. Mohiyatini yoʻqotmagan. Alloma aytgan toʻrt omildan foydalanishni bilishimiz zarur.
Qadim Sharqning mashhur allomasi, tabobat sultoni Abu Ali ibn Sino davrida prostatit xastaligi uchramagan ekan. Chunki, hamma kuchli jins vakillari ot, xachir, eshak minishgan. Odamlar koʻproq piyoda yurishgan. “Hayot – harakatdan iborat”, deyishadi Tibet donishmandlari ham.
Yilda bir marta mazza qilib issiq tuproq, shagʻal, qum yoki togʻu-toshlarda oyoq yalang yurganimizni eslay olamizmi! Holbuki, tizza boʻyi bilqillagan, mayin tuproq kechib dalada yurishning ham oʻz zavqi bor. Inson yerdan quvvat olishini unitmang.
Uygʻonish faslida hamma jonli mavjudot harakatga tushib qoldi. Siz ham oʻz salotmatligingizni asrash uchun intiling. Zero, harakat tufayli qoningiz yurishadi, umringiz uzayadi, sogʻligʻingiz tiklanadi. Borliqdan zavqlanib yashashga intiling, kayfiyatingiz koʻtariladi. Ruhingiz yuksaladi. Bu esa salomatlikning yana bir garovidir.
Yurtimizning har bir kishisiga bahoriy kayfiyat yor boʻlsin!
R. Zaripova