Kartoshkaning shifobaxsh xususiyatlari

0
8151
marta koʻrilgan.

Sabzavot va poliz ekinlari vitaminlar manbai boʻlib, ular koʻp dardga shifo, jumladan, kartoshka ham shifobaxsh  neʼmatlardan biri hisoblanadi.

Kartoshka oʻz tarkibida oqsil, yogʻ, uglevodlar, organik kislotalar, V1, V2, RR, S,D,K,E,A vitaminlari, natriy, kaliy, magniy, kalsiy, temir, fosfor, yod kabi elementlarni saqlaydi. Shuningdek, bu sabzavot oqsil inson salomatligi uchun zarur boʻlgan aminokislotalari mavjudligi bilan ham sevib isteʼmol qilinadi. Odamlar orasida kartoshkani “ikkinchi non” ham deb atashadi. Chunki, u ham non kabi meʼdaga tegmaydi. U nafaqat toʻyimli xususiyati, balki oʻzining shifobaxshligi bilan ham boshqa poliz ekinlaridan ajralib turadi.  

Bodomcha bezlari yalligʻlanganda, yaʼni anginada yangi siqib olingan kartoshka sharbatini 1 soat tindiring. Soʻngra klyukva sharbati bilan qoʻshib, 1kunda 3 mahal 2 stakandan iching.

 Mayda kartoshkani olib (tuganaklar yoki kartoshka poʻchogʻi ham boʻladi) yaxshilab yuving va  uni uncha koʻp boʻlmagan suvda qaynating. Chunki bugʻ suvdan emas, kartoshkadan kelishi kerak. Uning bugʻini ogʻzi va burningiz bilan 10-15 daqiqa davomida ichingizga yuting. Ingalyasiyadan soʻng darhol oʻranib yoting. Agar yalligʻlanish jarayoni oʻtkir kechayotgan boʻlsa, muolajani 2 marta, ertalab va kechqurun bajaring. Aritmiya yurak ritmining buzilishida muntazam ravishda kartoshkali muolaja kunlarini oʻtkazing. Kartoshkani qirib sharbatini, uning qaynagan suvini iching yoki dimlangan, pishirilgan kartoshka suvini yoki oʻzini isteʼmol qiling.

Boldir va boʻgʻimlardagi ogʻriqni qoldirish uchun ogʻrigan joyga koʻkargan kartoshkani qirgʻichdan oʻtkazib kompres (bozillama) qilib qoʻying. Kartoshkaning poʻchogʻini archmay, uni tozalab yuvib, soʻngra maydalang. Hosil boʻlgan massani qaynoq suvga solib isiting. Suv harorati 38 S darajaga yetishi kerak. Soʻng oyoqqa yoki qoʻlga moslab tikilgan maxsus boʻz qopchani ogʻriqli joyga moslab tikilishi zarur. Keyin bemorning tagiga kleyonka toʻshash darkor. Kartoshka qatlami esa 1,5-2 sm ni tashkil etishi kerak. Dastlab qopchani ogʻriqli sohaga kiygizing, ustidan kleyonka bilan oʻrab suvini oqizmaslik uchun bint bilan ham yaxshilab oʻrang. Ushbu bozillama bilan uxlashga yoting. Oyoq yoki qoʻlingiz yostiq ustida boʻlsin. Tanangizga issiq oʻtishi bilan uxlab qolasiz. Agar bozillama ogʻrigan joyingizni isitmasa, demak, u yomon tayyorlangan. Ogʻriq 20-30 daqiqadan soʻng oʻtib ketadi. Bu holat yangi xurujgacha bezovta qilmaydi. Ushbu bozillamani har kuni kechasi takrorlang. Avval uni 7 kun qoʻyib koʻring. Qolgan kompreslarni muolaja samarasiga qarab qoʻyasiz. Agar ogʻriq muolajaning 2 yoki 3 kunida oʻtib ketsa yana kompress qilishga zarurat qolmaydi.

Sevara Gazibayeva, 1-Respublika tibbiyot kolleji  kafedra mudiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.