Immunitetni mustahamlash uchun xalqona tavsiyalar

0
912
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda koronavirus dardiga qarshi kurashda immunitetni oshirish juda muhim. Immuniteti mustahkam boʻlgan insonlarda bu kasallikka chalinish xavfi juda past boʻladi, chalingan taqdirda ham oson oʻtkazadilar.

Immunitetni mustahamlash uchun toʻgʻri ovqatlanish, badantarbiya va nafas mashqlari muntazam bajarish kerak. Ushbu xastalik asosan yuqori va quyi nafas olish yoʻllarini zararlaydi.

Taomnoma albatta, oqsillarga boy neʼmatlardan iborat boʻlishi, ovqatlar xilma-xil va tarkibida minerallar, vitaminlar, ayniqsa S vitamini serobligiga eʼtibor berish maqsadga muvofiq.  Ular qaysi mahsulotlar tarkibida mavjudligini bilish koronavirusni oldini olishga munosib hissa qoʻshadi. Hozir yurtimizda muntazam ishlatiladigan, topish oson boʻlgan ona yurt neʼmatlarini tavsiya qilaman.

LIMON. Uni blenderda maydalab, biroz shakar qoʻshib bir kunda uch marta bir choy qoshiqchadan isteʼmol qiling.

ChAKANDA (oblepixa). Uning foydali xususiyatlari quritilgan mevalarida ham saqlanadi. Har kuni chakanda mevasidan choy damlab iching.

SMORODINA. Murabbosi ham, muzlatilgani ham birdek foydali. S vitaminidan tashqari bu mevada A, V6, V12, kalsiy, kaliy, temir, magniy va natriy mavjud.

 NAʼMATAK. Uning sharbati juda foydali. Kechqurun yarim litrlik termosga oʻn dona naʼmatak mevasi soling va ustidan qaynoq suv quying. Ertalab ichishga tayyor boʻladi damlamadan koʻnglingiz tusaganicha ichishingiz mumkin. Bu ichimlik immunitetni koʻtaradi.

 TUZLANGAN KARAM. Tuzlangan karamga biroz zaytun moyi va mayda toʻgʻralgan boshpiyoz qoʻshib isteʼmol qiling.

PIYOZ. Ayni paytda ushbu neʼmatni isʼtemol qilish zuda zarur. U tabiiy antibotik ekani barchaga maʼlum.

SARIMSOQ. Ushbu neʼmat shamollash va virusdan asrashdan tashqari, yurak qon-tomiri xastaliklariga chalingan bemorlar uchun juda foydalidir. U qon bosimini va xolesterin darajasini pasaytiradi.

TVOROG. Uy sharoitida tayyorlangan tvorog ayniqsa oʻta foydali. Kuniga 150 gr tvorogga smorodina, chakanda yoki limon qoʻshib isteʼmol qilish organizm uchun koni foyda.

TUXUM. Nonushtaga muntazam bitta tuxum yeyish zarur. Qaynatilgan tuxum tarkibida A, V2, V5, V6, V9, V12, D, K, N, RR vitaminlari shuningdek, biotin, kalsiy, magniy, rux, selen, mis, marganets temir vitaminlar va minerallar mavjud.

Badantarbiya uchun eng osoni har kuni  3-5 km. Yurishdir. Bunda «sogʻlomlashtiruvchi» yurish juda katta samara beradi. Yurishning bir necha turlari bor: Sayr qilib oddiy yurish yuragida kasali bor va keksalarga tavsiya qilinadi. Sogʻlomlashtiruvchi yurishga  badantarbiya vrachlari kasalliklarga qarab tavsiyalar berishadi. Skandinavcha tayoq bilan yurish ham ushbu yoʻnalishga kiradi. Sportcha yurish,  koʻproq serharakat kishilarga va sportsmenlarga tavsiya qilinadi..

COVID-19 kasalligiga chalinganlarga shar shishirish mutlaqo mumkin emas. Yengil nafas olish va ayniqsa, chiqarish asosida bajariladigan mashqlar bilan boshlash lozim va ularni bemor muntazam  bajarishi kerak. Bunda koʻkrak qafasida zoʻriqish paydo boʻlmasligi, saturatsiya tushib ketmasligi zarur.

Tibbiyot fanlari nomzodi Shoira BEKCHANOVA tayyorladi.

Ushbu maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  granti asosida uyushtirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.