JAZIRAMADAN SAQLANISH UCHUN MASLAHATLAR

0
335
marta koʻrilgan.

JAZIRAMA   oʻrtacha havo haroratining 10 va undan yuqori darajaga koʻtarilishidir.

Jaziramaning salbiy oqibati. Bu mahalda inson tana harorati 37.1S — 38.8 S gacha koʻtarilib, salomatlikka salbiy taʼsir etishi mumkin. Issiq havo yoki oftob urganida  badanning qizarishi va kuchli chanqoq kuzatiladi. Keyinchalik, hushdan ketish, nafas qisishi va yurak toʻxtashiga olib kelishi mumkin.

Jaziramadan saqlanish uchun tabiiy tolali kiyimlar, ventilyator, konditsionerdan keng foydalaning. Qishloq  joylarida esa soyabon, shiyponlar,  shuningdek,  derazalar uchun qalin pardalardan havzalardan, ichimlik suvidan, buloq suvlaridan unumli foydalaning.
Issiq kunda, konditsionersiz iloji yoʻq. Ammo kuni boʻyi konditsionerli xonada ishlasangiz, shunday joylashing-ki undan chiqayotgan sovuq xavo toʻgʻridan-toʻgʻri sizga taʼsir qilmasin.

Iloji boricha soya joylarda boʻlishga harakat qiling. Oftob urganda zudlik bilan soya joylarga oʻting,  dush qabul qiling yoki shamol bor joyga oʻtiring va asta-sekinlik bilan koʻproq suv isteʼmol qiling. Iloji boricha badaningizni sovutishga intiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob urishi asosan bosh qiziganda sodir boʻladi. Kuningizni shunday rejalashtiringki, 12-00 dan 16-00 gacha koʻchaga chiqmaslik bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda boʻlgan maʼqul.

Suvning ahamiyati. Suv ichish organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz miqdorini meʼyorlashtirishiga qulay sharoitlar yaratadi. Organizmning suv tanqisligini toʻldirish uchun  oddiy ichimlik suvini qaynatib va sovutib isteʼmol qilish kerak.

 Koʻproq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanning nafas olishiga yordam beradi. Suv xona harorati kabi boʻlishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana qizib turganida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.
Albatta, ochiq suv xavzalarda choʻmilish mumkin, ammo choʻmilish taʼqiqlangan xavzalarda choʻmilish qatʼiyan man etiladi. Ayniqsa, bolalarni tez-tez choʻmiltirib turing. 

Ertalab va kechqurun koʻproq harakat qiling. Jazirama kunlaridagi kamharakat gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Ovqatlanish. Issiq kunda koʻproq sovuq taomlar isteʼmol qiling. Yogʻli, qovurma ovqatlarni, sut va goʻsht mahsulotlarini(kolbasa, qozi, tabaqa kabi) kamroq  isteʼmol qiling. Baliq va sabzavotlardan foydalanish ayni muddao.

Sutli mahsulotlar haqida alohida toʻxtalib oʻtish lozim. Chunki, tez ayniydi.  Quyosh nuri tushib turgan rastalardagi neʼmatlarni sotib olmaslik kerak.
Albatta, taomlarni tuz bilan tannovul qiling,  chunki,  yuqori xaroratda, tananing terlashi natijasida koʻp miqdorda natriy moddasi yoʻqotiladi. Pivo va boshqa alkogol ichimliklarni isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

Shoira BEKCHANOVA, oliy toifali vrach

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.