Jigar va buyrakni xalq tabobati asosida tozalash

0
2039
marta koʻrilgan.

Jigar va buyrak inson organizmida tabiiy filtr vazifasini oʻtaydi. Jigar qondan har xil zaharli moddalarni olib, ularni zararsizlantiradi.

Haddan tashqari koʻp ovqat yeyish, yogʻli, qovurilgan, tuzlangan, dudlangan narsalar, spirtli ichimliklar va tamaki buyrak va jigarga juda zararli taʼsir koʻrsatadi. Buyrak va jigarni tozalashda xalq tabobatida bir necha xil usullar mavjud boʻlib, ularning ayrimlari quyidagilardir:

Malina asosida tayyorlangan ichimlik. 3 osh qoshiq malina yaproqlari yarim litr qaynoq suvga solinadi va 15-20 daqiqa damlab qoʻyiladi. Keyin malina barglari olib tashlanadi va quritilgan malina mevalari damlama suviga solilanadi. Har kuni yarim stakandan uch mahal ichiladi.

Lavlagi. Jigarni tozalashda lavlagi ham yordam beradi. Bir necha lavlagi olinadi va poʻstlogʻi tozalanib, ezilib pishgunga qadar uzoq vaqt qaynatiladi. Bu suyuqlikni kuniga bir necha marta ikki hafta davomida ichish lozim boʻladi. Bu usul qonni ham tozalab, gemoglabinni oshiradi.

Makkajoʻxori popugi. Uni choy kabi damlab, ikki-uch hafta davomida suv oʻrnida ichish kerak.

Yangi uzilgan meva va sabzavotlardan tayyorlangan turli xil sharbatlar ham jigar faoliyatini yaxshilashga taʼsir koʻrsatadi.

Shoira BEKCHANOVA, tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.