Jigarni xalqona usulda asrash

0
1371
views

Har qanday kasallikni davolash oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi. Tez-tez qatiq zardobini ichib turish qonning ifloslanishi (uremiya) kasalligidan asraydi.

Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.

Namatakni qaynatib choy oʻrnida ichish jigarga foyda.

Inson jigari toʻrt narsani: xom karam, tvorog, qattiq non, asalni yaxshi koʻradi.

Turvuz ham jigar va oʻtni yuvadi.

Yozda tez-tez sovuq suvda yuvinib tursangiz, yuragingiz, jigaringiz ish faoliyati yaxshilanadi.

Oyogʻingiz doim toza, quruq, issiq boʻlsin.

Bedana shoʻrva odamni har taraflama baquvvat qiladi. Jigar yogʻli ovqatlarni xush koʻrmaydi.

R. SAPAYEVA tayyorladi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here