KARAFS – (selderey)

0
784
marta koʻrilgan.

Ibn Sino karafsning ildizi va urugʻi tana quvvatini oshirishda, peshob haydashda, shishlarni yoʻqotishda, qorin dam boʻlganida, aʼzolardagi tiqinlarni ochishda,  ogʻriq qoldirishda, yoʻtal, nafas qisishda(astma), koʻkraklardagi ogʻriqlarni qoldirishda, hayzni keltirishda, asab tolalarining shamollashida, jigar, taloqdagi tiqinlarni ochishda,  peshob haydashda ham ishlatgan.

Xalq tibbiyotida ildiz va bargidan tayyorlangan malhamlar ishtaha ochishda, meʼda va ichak kasalliklarida qulanj (kolit), ichakda havo toʻplanishida (meteorizm), qabziyat, siydik yoʻli xastaliklarida, hayzning buzilishida, erkaklar shahvoniy quvvatining pasayishida(impotensiya), jismoniy va aqliy quvvatsizlikda hamda qon tozalovchi sifatida yaxshi yordam beradi. 

Tayyorlash usuli. Oʻsimlikning yangi kavlab olingan, yuvib, tozalangan ildizni siqib suvi olinadi va ovqatdan 30-40 daqiqa oldin 1-2 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal ichiladi.

 Xolida Ochilova, oliy toifali vrach

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.